AQSHning Missuri shtati markazi Sent-Luis shahrida “Saint Louis Rapid & Blitz-2024” turnirining rapid yo‘nalishidagi musobaqalar yakunlanib, blits bahslari boshlanmoqda.

Bugun, 15 avgust kuni nufuzli musobaqaning blits yo‘nalishidagi dastlabki tur o‘yinida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov oq donalarda hindistonlik Rameshbabu Pragnanandxa bilan kuch sinashadi.

Ortda qolgan rapid yo‘nalishidagi musobaqalarning so‘nggi hisob-kitobiga binoan Yan Nepomnyashiy 11 ochko bilan yetakchilikka erishgan bo‘lsa, xuddi shunday ochko jamg‘argan Fransiya vakili Alireza Firuzdja, Maksim Vashe –Lagrav Alireza Firuzdja (Fransiya, 2731/2869), Maksim Vashe – Lagrav keyingi qatorlarda bormoqda.

Aytish lozim, mukofot jamg‘armasi 175 ming AQSH dollaridan iborat turnirda dunyoning eng kuchli mahoratli shaxmatchilari Fabiano Karuana Uesli So kabi yetakchilar qatnashmoqda.

Musobaqaning rapid yo‘nalishida Nodirbek Abdusattorov 8 ochko jamg‘argan holda 8-o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, “Grand Chess Tour” tizimidagi mazkur nufuzli musobaqada shaxmatchilar qaysi o‘rinni egallashidan qat’iy nazar mukofot jamg‘armasida nazarda tutilgan mablag‘larga ega bo‘ladi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA