Kemalarni xususiy sektor tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

514

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Kemalarni xususiy sektor tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Kemalarni xususiy sektor tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomda:

tadbikorlik sub’ektlari tomonidan kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish;

texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan kemalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan yuritiladigan kema reyestriga kiritib borish;

kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun tadbirkorlik sub’ektlarini tanlash tartibi;

tadbirkorlik sub’ektlarining kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlarini monitoring qilish tartibi belgilab berilgan.

O‘zA