Adliya vazirligi Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan faol hamkorlik qilmoqda.
Hamkorlik doirasida mahalliy tadbirkorlik sub’ektlarining intellektual mulk ob’ektlaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmasi oshirib borilmoqda.
Shu maqsadda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining «G‘oyalarni tijoratlashtirish» o‘quv qo‘llanmasi o‘zbek tiliga tarjima qilindi hamda milliy intellektual mulk tizimiga moslashtirildi.
O‘quv qo‘llanmada intellektual mulkning biznesda tutgan o‘rni, ulardan foydalanishning innovatsion usullari o‘rin olgan.
Tovar belgisi, geografik ko‘rsatkich, tijorat siri va boshqa intellektual mulk ob’ektlari tushunchasi, shuningdek, o‘z tovar va yoki xizmatlarini brendga aylantirgan mahalliy tadbirkorlik sub’ektlari haqida «Case study»lar ham qo‘llanmada aks ettirilgan.
N.Abduraimova, O‘zA