Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Doimiy vakillari kengashining navbatdagi yig‘ilishida Bosh kotib Xusrav Noziriy tuzilma rahbari sifatidagi missiyasi nihoyasiga yetganini ma’lum qildi.
Yangi Bosh kotib, Pokiston vakili Asad Majid Xon vazifasini bajarishga kirishgunga qadar boshqaruv o‘rinbosar Koshif Zamonga o‘tadi.
Bosh kotib 2023 yil Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 16-sammiti Toshkentda yuqori saviyada o‘tkazilganini alohida ta’kidlab, buning uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.
So‘zga chiqqanlar Xusrav Noziriy rahbarligi davomida ikki marta sammit, uch bor tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani qayd etildi.
Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekistonning Erondagi elchisi Fariddin Nasriyev ham janob Noziriyga uch yillik faoliyati davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan IHT doirasida ilgari surilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlagani, qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etishda ko‘rsatgan yaqin ko‘magi uchun minnatdorlik izhor etdi
O‘zA