Xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada Taxiatosh tumani hokimi lavozimiga Aytbayev Kamiljan Kurbanbayevichni tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi. Taklif etilgan nomzodni tuman Kengashining deputatlari qo‘llab-quvvatlab so‘zga chiqdi.

Sessiyada Aytbayev Kamiljan Kurbanbayevich Taxiatosh tumani hokimi etib tayinlandi.

K.Aytbayev bugungi kunga qadar  Amudaryo tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.