Amerika Qo‘shma Shtatlari siyosatchilari, jumladan Donald Trampga suiqasd uyushtirishda ishtirok etganlikda gumon qilingan odam hibsga olindi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

Adliya vazirligi e’lon qilgan ayblov xulosasiga ko‘ra, gap 46 yoshli Pokiston fuqarosi Asif Merchant haqida ketmoqda. U 12 iyul kuni AQSHni tark etmoqchi bo‘lganda qo‘lga tushirilgan. Qayd etilishicha, Merchant aprelda Qo‘shma Shtatlarga uchib kelgan va shartnoma asosida qotillarni yollashga uringan.

– Eron bilan aloqasi bor pokistonlik shaxs AQSH siyosatchilari va rasmiylariga suiqasd uyushtirishda ayblanmoqda. Nishonlar orasida Donald Tramp ham bor edi. Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodning xavfsizligi iyun oyidan boshlab kuchaytirilgan.