Dunyo xabarlari qisqa satrlarda

286

AQSH va Rossiya o‘rtasidagi yadro urushi ehtimoliga baho berildi

AQSH o‘z yadro salohiyatini oshirishi Rossiya bilan munosabatdagi keskinlikni yumshatmaydi, balki urush boshlanishi xavfini oshiradi, deb yozdi “Responsible Statecraft” nashri.

– Sovuq urush davridagi yadroviy qurollanish poygasiga qaytish o‘rniga, Vashington asosiy raqibi bilan munosabatdagi keskinlikni yumshatish imkoniyatini qidirishi kerak, – deyilgan materialda.

Avvalroq Yadroviy xavfsizlik bo‘yicha milliy agentlik rahbari Jill Xrubi o‘tgan yil Pentagon 200 dan ortiq takomillashtirilgan yadro qurolini qabul qilib oldi, deya bayonot bergan edi.

В SШA сделали заявление о ядерной войне с Россией - RIA Novosti, 06.08.2024

Turkiya G‘arbni G‘azodagi vaziyat bo‘yicha ikkiyuzlamachilikda aybladi

Turkiya TIV rahbari Hoqon Fidan fikricha, G‘arb Ukrainani qo‘llab-quvvatlab hamda Falastin qarshiligini jinoyatchilikda ayblab, G‘azodagi vaziyat bo‘yicha ko‘zbo‘yamachilik qilmoqda.

– G‘arb Ukraina jinoyatkarona bosib olingan, deya ko‘zbo‘yamachilik qilmoqda, – dedi Fidan Bosniyada chiqadigan “Stav” nashriga bergan intervyusida. – Isroil Falastinni bosib olishini esa xuddi tabiiy va qonuniydek baholamoqda. Ukrainani qarshilik ko‘rsatishga chaqirayotganlar Falastin qarshiligini jinoyatga tenglashtirmoqda. Ular Ukrainadagi qarshilikni va Falastin bosib olinishini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlamoqda.

Kisida konstitutsiya muhokamasini tezlashtirishga chaqirdi

Премьер Yaponии порuчил uскорить обсuждение поправок в конститuцию - RIA  Novosti, 07.08.2024

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida Liberal-demokratik partiya bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qomusga o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari mavjudligi to‘g‘risidagi nizomni kiritish masalasi muhokamasini tezlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

– Davlat uchun o‘z fuqarolari hayotini himoya qilishdek eng muhim va mas’uliyatli vazifa mamlakatning oliy qonunida aniq ko‘rsatilishi kerak, – deya iqtibos keltirgan “Kiodo” agentligi Kisidaning nutqidan. – Shuningdek, konstitutsiyaga o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari to‘g‘risidagi nizomni ham, favqulodda holat to‘g‘risidagi bandni ham kiritish uchun xalq roziligi kerak.

1947 yil 3 mayda qabul qilingan, Yaponiyaning urushdan voz kechishini tasdiqlovchi konstitutsiyada tashqi hujum sodir bo‘lgan taqdirda faqat mudofaa uchun kuch qo‘llash imkoniyati nazarda tutilgan. Shuning uchun Yapon Qurolli kuchlarini o‘zini-o‘zi mudofaa qilish kuchlari, deb atashadi.

Xitoy va AQSH o‘rtasidagi tovar aylanmasi yetti oyda 1,4 foiz o‘sdi

Тоvaрооборот Китая и SШA за семь месяцев вырос на 1,4 процента - RIA  Novosti, 07.08.2024

Xitoy Xalq Respublikasi bojxona bosh boshqarmasi e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, 2024 yil 7 oyda Xitoy va AQSH o‘rtasidagi savdo hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 foiz o‘sib, 383,15 milliard dollarga yetgan. Qo‘shma Shtatlar Xitoyning ASEAN va Yevropa Ittifoqidan keyin uchinchi yirik savdo sherigi bo‘lib qolmoqda. Yanvar-iyul oylarida Xitoydan AQSHga eksport o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4 foiz oshib, 286,89 milliard dollarga ko‘tarildi. Amerika esa Xitoyga 96,25 milliard dollarlik mahsulot sotgan va bu ko‘rsatkich 1,4 foiz kamaygan.

2023 yil oxirida Xitoy va AQSH o‘rtasidagi savdo hajmi yillik hisobda 11,6 foiz qisqarib, 664,45 milliard dollarni tashkil qilgan edi.

Falastin barcha mamlakatlardan ushbu davlatni tan olishni so‘radi

Falastin mustaqilligini tan olgan mamlakatlar soni 149 taga yetdi. Milliy ma’muriyat Falastinni tan olmagan mamlakatlarni bu ishni tezroq qilishga chaqiradi, deb bayonot berdi Prezident Mahmud Abbos “RIA Novosti”ga bergan intervyusida.

– Bizni tan olganlardan minnatdormiz, – dedi u. – Yaqinda davlatchiligimizni IspaniyaNorvegiyaIrlandiyaSloveniya va Armaniston tan oldi. Bunday qadam Falastin xalqining kelajagi va tinchlikka nisbatan  huquqini qo‘llab-quvvatlashdir.

Xarris saylovga rasman nomzodligini e’lon qildi

Kamala Xarris: биография, сколько лет vitse-президентu SШA, национальность,  фото в молодости, личная жизнь, отношение к России, vozраст, цитаты -  Novosti Mail

AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris Filadelfiyadagi tarafdorlari oldida, o‘zining saylov oldi kampaniyasi orqali namoyish etilgan mitingda rasman Demokratik partiyadan oliy lavozimga nomzodligini ma’lum qildi:

– Men bugun sizning oldingizda turib, Demokratik partiyadan AQSH prezidentligiga rasman nomzod ekanligimni g‘urur bilan e’lon qilaman.

O‘tgan hafta delegatlar Xarris nomzodini ilgari surish uchun yopiq eshiklar ortida ovoz berishni boshladilar va juma kuni u kerakli miqdordagi ovozni to‘pladi. Xarris Minnesota gubernatori Tim Uolsni o‘ziga saylov oldi hamkor sifatida tanladi.

Demokratik partiya qurultoyi 19 avgust kuni boshlanadi. Prezidentlik saylovi esa  5 noyabrga mo‘ljallangan.

AQSH va Avstraliya gipertovushli qurol ustida ish olib boryapti

Pentagon: SШA провели испыtanия giperзвuкового орuжия во Флориде

Ilg‘or giper tovushli qurol yaratish ustida birgalikda ishlayotgan AQSH va Avstraliya bu sohada sezilarli yutuqlarga erishdi, dedi jurnalistlarga Pentagonning yuqori martabali rasmiysi.

– Jangchilarimiz uchun muhim ustunlikni ta’minlaydigan ilg‘or giper tovushli qurol ustida birga ishlayapmiz, – dedi harbiy amaldor. – AQSH va Avstraliya SCIFiRE loyihasi doirasida havodan uchiriladigan giper tovushli qurolni loyihalash va sinovdan o‘tkazishda allaqachon “katta yutuqlar”ga erishgan. Biz 15 yildan beri qo‘shma tadqiqot olib boryapmiz. 2017 yil ittifoqchi davlatlar HIFiRE (Hypersonic International Flight Research Experimentation) maxfiy loyihasi bo‘yicha ishni yakunladi. Mazkur tashabbus doirasida yuqori tovush tezligida uchadigan qurol namunasi ishlab chiqildi. 2020 yil bu davlatlar SCIFiRE loyihasini ishga tushirgan. Ko‘zlangan maqsad  taktik qiruvchi samolyotlar uchun eng yuqori tezlikka erisha oladigan o‘ta aniq zarba beruvchi raketa yaratish.

Qozog‘iston havo mudofaasi kuchlari yangi qurollar bilan ta’minlanadi

Официальное сообщение Министерстva обороны РК касательно пuбликации на  сайте arbat.media

Qozog‘iston Bosh vaziri matbuot xizmati yozishicha, mamlakat Havo hujumidan mudofaa kuchlariga zamonaviy qiruvchi samolyot va zenit-raketa tizimi yetkazib berilishi kutilyapti. Turkiyaning ANKA uchuvchisiz uchog‘i ham sinov amaliyotidan o‘tkazilmoqda. Ispaniyadan esa A-400 og‘ir yuk tashuvchi harbiy transport samolyoti olib kelinadi.

Joriy yil qo‘shinlar 500 dan ortiq yangi texnika, jumladan “Arlan” va COBRA II zirhli g‘ildirakli mashina, SUNQAR taktik uchuvchisiz tizim majmuasi va EVOMax mitti uchuvchisiz tizimi bilan ta’minlanadi.

S.Rahimov, O‘zA