Bugun, 7 avgust kuni Fransiyada davom etayotgan Olimpiadada 20 sport turi bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Shundan 10 tasida yozgi Olimpiya o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi.

Mamlakatimiz olimpiyachilari bugungi dasturdan o‘rin olgan baydarkada eshkak eshish, yunon-rum kurashi, boks bahslarida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Mahoratli sportchilarimiz ishtirok etadigan musobaqalar dasturi bilan tanishing:

12:30 dan so‘ng. Baydarkada eshkak eshish. Yekaterina Shubina (500 m, saralash).

13:40 dan so‘ng. Baydarkada eshkak eshish. Shahriyor Mahkamov (1000 m, saralash).

14:00. Yunon-rum kurashi. Aram Vardanyan (77 kg, o‘tish bahsi va bronza).

14:00. Yunon-rum kurashi. Rustam Assakalov (97 kg, o‘tish bahsi va bronza).

01:00. Boks. Bahodir Jalolov — Nelvi Raman Tiafak (Germaniya) (+92 kg, yarim final).

T.Ro‘ziyev, O‘zA