Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ham saylov kampaniyasi doirasidagi tadbirlarni uyushqoqlik bilan olib bormoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘istonda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi  hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida O‘zLiDeP ishtirokini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha imzo to‘plash tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Nukus shahridagi “Mikrokreditbank” ATB Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialida tashkil etildi.

Tadbirda dastlab  partiya xodimlari yangi saylovlarning o‘ziga xosligi va ahamiyati haqida so‘z yuritib, imzo to‘plash jarayonining tartib-qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berdi. So‘ng saylovchilar imzolarini to‘plashga kirishildi.

Jarayonda faol ishtirok etgan bank sohasi vakillari va fuqarolar  bo‘lajak saylovlarga befarq emasligini bildirdilar.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA