O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Gulnora Rahimova hamda Rossiya Federatsiyasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sergey Muzichenko boshchiligidagi delegatsiya vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar ushbu uchrashuv xaridlar va qurilish sohalarida o‘zaro hamkorlik, tajriba almashish va galdagi rejalarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Suhbat chog‘ida Rossiya Federatsiyasining xaridlar va qurilish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratilib, mehmon tomon bu borada o‘z tajribalari bilan  o‘rtoqlashdi.

Tadbir yakunida tomonlar ikki davlat o‘rtasida ushbu yo‘nalishlarda aloqalarni mustahkamlash, hamkorlikda ish olib borish va tajriba almashish uchun yangi istiqbollarni belgilab olish muhim ekanini qayd etdi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA