Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yo‘ldoshev Qozog‘istonning Ostona shahrida ikki davlat agrar soha vakillari hamda tadbirkorlar o‘rtasida keng ko‘lamli masalalar yuzasidan o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirok etdi.
Tomonlar sohani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirish texnologiyasini keng targ‘ib etish, chorvachilik va terini qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirish imkoniyatini muhokama qildi.
Shuningdek, o‘z biznes taklif va tashabbuslari bilan o‘rtoqlashib, sheriklikning yangi mexanizmi va sharti yuzasidan fikr almashdi.
Uchrashuv yakunida ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi keyingi muzokaralarni “B2B” formatida davom ettirish, o‘zbekistonlik ishbilarmonlarning tajriba almashish maqsadida Qozog‘iston fermer xo‘jaliklariga tashrifini uyushtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.