Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Asilbek Xudayarovning Oliy Majlis Qonunchilik Palatasida o‘tgan yig‘inda ma’lum qilishicha, 2024 yilning birinchi yarim yilligida 5,7 mln nafar maktab o‘quvchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda ulardan 1,3 mln nafarida (27,9 foiz) turli xil kasalliklar aniqlangan.

1,3 mln nafar maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda ulardan 26 foizida turli kasalliklar aniqlangan.

Maktab va maktabgacha ta’lim tizimidagi tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra, birinchi o‘rinda (28,4 foiz holatda), qon bilan bog‘liq kasalliklar (xususan, anemiya va qonning tarkibiy tuzilmasidagi o‘zgarishlar) uchrayapti. Ikkinchi o‘rinda, nafas olish a’zolari kasalliklari, uchinchi o‘rinda esa ovqat hazm qilish kasalliklari (6,9 foiz) va endokrin kasalliklar (5,4 foiz) qayd etilgan.

M.Turdaliyeva, U.To‘xtayev (video), O‘zA