O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida Belarus rahbari O‘zbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Joriy yil 7-9 fevral kunlari Belarus Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni qabul qilingan “yo‘l xaritasi” asosida amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.