Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

726

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi joriy yil 27 iyul kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.

Unda test shaklida matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa, ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA