Dadil qadam bilan
326
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Oq yo‘l sizga, bitiruvchi!” shiori ostida 2023-2024 o‘quv yili bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda filial rahbariyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi vakillari, professor-o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi.
Tadbirda filial direktori, professor Adilbay Yesimbetov yangi marralar sari qadam tashlayotgan bitiruvchi yoshlarni samimiy qutladi. Shuningdek, bayram tadbiriga tashrif buyurgan ota-onalar farzandlariga bilim va tarbiya bergan professor-o‘qituvchilarga minnatdorlik bildirdi.
Ishtirokchilar iqtidorli yoshlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturidan bahramand bo‘ldi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri.