Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili tadbirkorlarga 90 trillion so‘m bojxona va soliq imtiyozi, subsidiya va kompensatsiya taqdim etilgan.
Endilikda imtiyoz va subsidiyalar maqsadli ko‘rsatkich bilan bir yilga berilishi, natijasiga qarab muddati cho‘zib berilishi yoki umuman bekor qilinishi belgilandi.
Mutasaddilarga yil yakunigacha 10 trillion so‘mlik asossiz xarajatlarni maqbullashtirish choralarini ko‘rish topshirildi.
Yil boshida 20 ta yirik korxonada tannarxni 15 foizga pasaytirish bo‘yicha berilgan topshiriqqa ko‘ra, o‘tgan davrda xarajat 8,3 trillion so‘mga yoki 10 foizga kamaydi. Bu ishlarni, ayniqsa energetikada tizimli davom ettirish topshirildi.
O‘zA