Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida bu yilgi byudjetda belgilangan tushum prognozini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Mutasaddi rahbarlar ikkinchi yarim yillik uchun tushum so‘zsiz ta’minlanishi shartligi haqida ogohlantirildi.
Shu bilan birga, tuman hokimlari va soliqchilar rejani bajaraman deb, tadbirkorni ortiqcha to‘lov qilishga majburlayotgani bo‘yicha holatlar kuzatilayotgani qayd etildi.
Ushbu vaziyatni tanqid qilib, Prezident ishlab chiqarish va daromad oshishiga qiynalgan tadbirkorga ko‘mak berish orqaligina erishish mumkinligini ko‘rsatib o‘tdi.
Barcha hokim va soliqchilar qat’iy ogohlantirildi: tadbirkorga ortiqcha to‘lov qildirgan mas’ullar jazolanadi. Bosh prokuraturaga bu masalani alohida nazoratga olish topshirildi.
O‘zA