O‘zbekiston va Qozog‘iston: parlamentlararo aloqalar amaliy mazmun bilan boyitiladi

534

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Parlamentlararo assambleyasi kengashi majlisida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburg shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashdi.

Keyingi yillarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlar ikki davlat yetakchilarining ochiq, o‘zaro ishonchga asoslangan muloqoti va qat’iy siyosiy irodasi tufayli do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasida rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Muloqot chog‘ida parlamentlararo aloqalarni amaliy mazmun bilan yanada boyitish masalalari tomonlar e’tibor markazida bo‘ldi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Senatlari o‘rtasidagi parlamentlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish va hamkorlikka oid  yangi “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib olindi.

Do‘st mamlakatlar va qardosh xalqlar o‘rtasidagi hamkorlik bundan buyon ham o‘zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslangan holda konstruktiv tarzda rivojlanishiga umid bildirildi.

N.Abduraimova, O‘zA