O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi BRISSning X parlament forumida ishtirok etdi
610

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisi T.Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan BRISSning X parlament forumining «Gumanitar va madaniy sohalarda parlamentlararo hamkorlik» mavzusidagi yalpi majlisida ishtirok etdi.
Tadbirda ilm-fan, ta’lim, turizm, san’at va madaniyat, yosh parlament a’zolari bilan ishlash sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Yalpi majlisda O‘zbekiston delegatsiyasi yurtimizda ta’lim, madaniyat, turizm sohalariga qaratilayotgan e’tibor, erishilayotgan yuksak natijalar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Forum ishtirokchilari fan, ta’lim, madaniyat va turizm sohalarini rivojlantirish, gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida o‘zaro tajriba almashish masalalarini muhokama qildi.
Tadbir yakunida X Parlament forumining qo‘shma deklaratsiyasi qabul qilindi.
N. Abduraimova, O‘zA