Hamkorlik, hamjihatlik samaradorlik omili

Davlatimiz rahbari OAV vakillarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish, shuningdek, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Darhaqiqat, so‘z erkinligini ta’minlash, vatanimizning demokratik qiyofasini shakllantirish, uni dunyoga tarannum etishda jurnalistlarning o‘rni va roli beqiyos.
“O‘zsuvta’minot”AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari v.b. Komil Yusupov tashkilot faoliyatini jamoatchilikka keng targ‘ib qilishda munosib hissa qo‘shib kelayotgan OAV xodimlari hamda blogerlar bilan uchrashdi.
Tadbirda media olam vakillariga hamkorlik va sohaga oid jarayonlarni jamoatchilikka yaqindan tanishtirishda qo‘shgan hissalari uchun minnatdorlik bildirildi. Maxsus esdalik sovg‘alari berildi.
Suv ta’minoti tizimida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishda yakdillik bilan yondashish, bebaho ne’matni asrab-avaylashni keng targ‘ib qilish va bu borada yagona press-pul tashkil etish kabi dolzarb takliflar ilgari surildi.
Uchrashuv so‘nggida o‘zaro hamkorlik soha rivojida muhim ahamiyat kasb etishi va bundan aholi manfaatdor bo‘lishi ta’kidlandi.
Nilufar Bozorova,
Oybek Pardayev (surat) O‘zA