Markaziy saylov komissiyasining yangi rasmiy ramzi tasdiqlandi

800

Rasmiy ramz hozirga qadar amalda bo‘lgan MSK emblemasi o‘rniga joriy etildi.

Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining 2024 yil 2 iyuldagi navbatdagi majlisida tegishli qaror (https://saylov.uz/uz/cec_decision/1347-zbekiston-respublikasi-markazij-sajlov-komissiyasining-rasmij-ramzini-tasdi-lash-t-risida) qabul qilindi, deb xabar berdi komissiya matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Qaror bilan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy ramzi namunasi va tavsifi, shuningdek, undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlangan.

Markaziy saylov komissiyasining ma’muriy binosi, tegishli jihozlari, rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, mobil ilovalar va boshqa joylarda foydalanilayotgan eski namunadagi emblemani yangi namunadagi rasmiy ramzga o‘zgartirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Markaziy saylov komissiyasining yangi namunadagi rasmiy ramzidan boshqa tashkilotlar foydalanishi uchun uning elektron shakllari rasmiy veb-saytga joylashtirilgan (https://saylov.uz/uz/m-pages/o-zbekiston-respublikasi-markaziy-saylov-komissiyasining-yangi-namunadagi-rasmiy-ramzi).

O‘zA