Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Saudiya Arabistoni Maslahat kengashining “Saudiya–O‘zbekiston” do‘stlik guruhi raisi Muhammad bin Abdulaziz al-Jarba boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar bosqichma-bosqich kengayib borayotgani alohida qayd etildi.

Muhammad bin Abdulaziz al-Jarba Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekistonda islom madaniyati va ma’rifatini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tiborni yuqori baholadi.