«Tashabbusli byudjet»ning ikkinchi mavsumiga 6 iyuldan start beriladi

Ushbu mavsum uchun tuman va shahar byudjetlari hisobidan 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.
Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi marbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra:
1. Loyihalar kiritish: 6–26 iyul;
2. Loyihalarni saralash: 26 iyul–15 avgust;
3. Targ‘ibot qilish: 15–22 avgust;
4. Ovoz berish: 22 avgust–1 sentyabr sanalari davomida o‘tkaziladi.
Ushbu mavsum uchun tuman va shahar byudjetlari hisobidan 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.
Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 mlrd 360 mln so‘mni tashkil etadi.
Ma’lumot o‘rnida: «Tashabbusli byudjet»ning birinchi mavsumi g‘oliblari aprel oyida e’lon qilingan edi. Unda respublika bo‘yicha jami 2770 ta loyiha g‘olib deb topilgan, ularni moliyalashtirishga 3,3 trln so‘m yo‘naltirilgan. Ovoz berish jarayonlarida 11,7 mln kishi ishtirok etgan.
2024 yildan «Tashabbusli byudjet»dagi loyihalarda «Bir fuqaro — bir ovoz» tizimi amal qilmoqda. Ya’ni bir fuqaroda bir necha telefon raqami bo‘lsa ham, u faqat bittasidan ovoz bera oladi.
O‘zA