Ostona sammitida SHHT+ formatidagi muhokamada ishtirok etadigan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish tuzilma faoliyatiga baho berarkan, xalqaro maydonda muhim o‘rin egallagan Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqaviy barqarorlikka erishishga munosib hissa qo‘shayotganini ta’kidladi.
– So‘nggi bir necha yil ichida SHHT xalqaro maydonda muhim ishtirokchiga aylandi, – dedi u “Kazinform” agentligiga bergan intervyusida. – Umumiy tahdidga, jumladan terrorizm va zo‘ravonlik ekstremizmiga qarshi javob choralarini muvofiqlashtirish bo‘yicha asl maqsadiga sodiq qolgan holda, SHHT iqtisodiy integratsiya va ko‘p tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga intilmoqda.
Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, dunyo ko‘plab muammolarga duch kelmoqda. Jumladan, iqlim inqirozi va xalqaro mojarolar kuchaymoqda.
– Inqiroz payti mamlakatlar “o‘sib borayotgan tafovut oldida” birlashishi, birga ishlashi kerak, – qo‘shimcha qildi jahon tashkiloti rahbari. – Mintaqaviy tuzilmalar dunyoning turli hududlarida tinchlikni ta’minlash va saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Tajriba, tezkor javob berish imkoniyati va o‘rnatilgan hamkorlik asosi mojarolarning oldini olish va tinchlik o‘rnatish uchun ajralmas holga keltiradi.