Bugun, 26 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan mamlakatimizda davlat tashrifi bilan bo‘lgan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux to‘rt kunlik tashrifini yakunlab, Ulan-Batorga uchib ketdi.
Urganch xalqaro aeroportida Mo‘g‘uliston rahbari va uning rafiqasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov, viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
Ahmadjon Shokirov, Rustam Nazarmatov (surat),
O‘zA muxbiri