Germaniyada o‘tayotgan Yevropa chempionatida birinchi tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda. Musobaqaning «E» guruhida Ruminiya terma jamoasi 3:0 hisobida Ukrainadan ustun kelgan bo‘lsa, kutilmaganda Belgiya 0:1 hisobida Slovakiyaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shu tariqa, ushbu guruhda Ruminiya va Slovakiya 3 ochko bilan birinchi hamda ikkinchi pog‘onadan joy oldi. Mag‘lubiyat alamini totgan Belgiya va Ukraina esa 3-4 o‘rinlarni egalladi.

«D» guruhida esa Avstriya – Fransiya terma jamoalari o‘yini 0:1 hisobida yakunlandi. Mazkur natijadan so‘ng, guruhda Niderlandiya va Fransiya peshqadamga aylangan bo‘lsa, Polsha hamda Avstriya so‘nggi pog‘onalarda qoldi.

Ma’lumot o‘rnida: Fransiya futbol federatsiya Germaniya mezbonlik qilayotgan Yevropa chempionati doirasida Avstriya va Fransiya o‘rtasidagi uchrashuvda burnini sindirib olgan Kilian Mbappening ahvoli haqida bayonot berdi.

Dyusseldorfdagi uchrashuvining ikkinchi yarmida Kilian Mbappening Fransiya terma jamoasi shifokori Frank Le Gall va shifokorlar guruhi burni singanini qayd etdi.

Endi Mbappe bir necha kun davolanadi. Yaqin kunlar ichida jarohat operatsiya qilinmaydi. Unga maxsus himoya niqobi tayyorlab beriladi. Bu uning davolanishdan keyin tezroq maydonga qaytishiga yordam beradi

Bugun, chempionatning «F» guruhida Turkiya – Gruziya, Portugaliya – Chexiya terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi. Ushbu uchrashuvlardan so‘ng «Yevro-2024»ning guruh bosqichida birinchi tur o‘yinlari yakunlanadi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA