Bugun Xitoyda, Shanxay muzeyi Xalq maydonidagi ko‘rgazma manzillaridan birida qadimgi Misr sivilizatsiyasi namoyish etila boshlandi. Bu haqda “Sinxua” ma’lum qildi.

Ko‘rgazmadan Qadimgi Misrning turli davrlariga oid 788 qimmatli madaniy yodgorlik o‘rin olgan. 2025 yil avgustgacha davom etadigan tadbir doirasida namoyishga qo‘yilgan ekspozitsiyaning 95 foizdan ko‘proq qismi Osiyoda ilk bor taqdim etilmoqda.