FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani Axborot-resurs markazi aholining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish yo‘lida samarali faoliyat yuritayotgan ziyo maskanlaridan.

Markazning umumiy kitob fondi 51 ming 150 dan ziyodni tashkil etadi. Ular o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq, rus, ingliz tillaridagi badiiy adabiyotlar hamda turli sohalarga oid ilmiy kitob, to‘plam va qo‘llanmalardan iborat.

Kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida markaz xodimlari tomonidan joriy yilda “O‘lkam tarixi va buguni”, “Prezident asarlarini o‘rganamiz”,  “Mumtoz adabiyotlar”, “Amir Temur o‘gitlari”, “Yozuvchi va shoirlarning tug‘ilgan kunlari”, “Yangi adabiyotlar” kabi mavzusida kitob ko‘rgazmalari tashkil etildi. Hozirda axborot-kutubxona markaziga 19 ming kitobxon qamrab olingan.

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA