O‘zbekiston adliya vaziri BAAda hamkasbi bilan uchrashdi

308

“WAM” axborot agentligi xabar berishicha, Birlashgan Arab Amirliklari adliya vaziri o‘zbekistonlik hamkasbi bilan uchrashib, huquqiy sohadagi hamkorlik ko‘lamini kengaytirish mavzusini muhokama qilgan.

Abdulloh bin Sulton bin Avad An-Nu’aymiy Akbar Toshqulov va unga hamroh bo‘lgan delegatsiya bilan Abu-Dabi shahridagi idorasida suhbatlashdi. Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikka oid masalalar, xususan sud-huquq yo‘nalishidagi munosabatlarni takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar sohada erishilgan yutuqlar, kuzatilayotgan ijobiy o‘zgarishlar yuzasidan o‘zaro fikr almashgan.

Muharrama Pirmatova,

O‘zA