Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida VI “BRIKS” o‘yinlarining ilk kunida O‘zbekiston delegatsiyasi dastlabki medalini qo‘lga kiritdi.
Sinxron suzish bahslarida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Diana Onkes texnik solo dasturida bronza medali sohibiga aylandi.
Mazkur yo‘nalishda oltin medal rossiyalik Svetlana Kolesnichenkoga nasib etgan bo‘lsa, belaruslik Vasilina Xondoshko kumush medali bilan taqdirlandi.
Ma’lumot o‘rnida, “BRIKS” musobaqalarida 250 nafardan ziyod sportchimiz qatnashmoqda. Umid qilamizki, ushbu sport tadbirida sportchilarimiz ko‘plab medallarga sazovor bo‘ladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA