O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol rafiqasi bilan birga 13 iyun kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 14-iyun kuni boʻlib oʻtadi.

Oliy darajadagi muzokaralarda Oʻzbekiston – Koreya doʻstlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi.

Sammit yakunlari boʻyicha bir qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, ikki mamlakat Prezidentlarining qoʻshma biznes-forumda ishtirok etishi kutilmoqda.

Prezident Yun Sok Yol mamlakatimizning boy madaniy-tarixiy merosi bilan tanishish maqsadida Samarqand shahriga tashrif buyuradi.

I.AVVALBOYEV,

N.HAYDAROV (foto),

OʻzA