Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi Ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari muomalaga kiritilishing oldi olindi.
“Q.S.” mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli do‘kon sotuvchisi J.R. fuqaro G.B.ga jami 15 quti “Reduksin layt” va “Goryachiy perets” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 1,1 million so‘mga sotgan vaqtida ushlandi. Fuqaro J.R.dan umumiy qiymati 15,3 million so‘mlik jami 818 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri