Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani bo‘limi tomonidan soliq qarzdorligini undirish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Mana shunday ijro harakatlarining birida davlat byudjeti oldida soliq qarzdorligini o‘z vaqtida to‘lamagan “ISMAYILOV POLATBEK” fermer xo‘jaligining “BYD QIN EV STANDART” rusumli avtomashinasi bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan joriy yilning 22 may kuni xatlovga olinib, jarima maydonchasiga qo‘yilgan.
Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qarzdor fermer xo‘jaligi rahbariga avtotransport vositasi tegishli tartibda baholanib, kelgusida elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotilishi, sotuvdan tushgan pul mablag‘lari davlat byudjetiga o‘tkazilishi haqida tushuntirish ishlari olib borilgan.
Shundan so‘ng qarzdor o‘ziga tegishli bo‘lgan fermer xo‘jaligining soliq qarzdorligini to‘lig‘i bilan to‘lagan va avtotransport vositasi egasiga qaytarib berilgan.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri