FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tuman tibbiyot birlashmasi hududda istiqomat qilayotgan 134 ming 420 dan ziyod aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
Bugungi kunda tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy shifoxona hamda ko‘p tarmoqli poliklinika, mahalla va ovul fuqarolar yig‘inlarida oilaviy shifokorlik punktlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, 67 ta tibbiy brigada tashkil qilingan bo‘lib, ularning har biriga oilaviy shifokor, amaliyotchi va patronaj hamshira hamda doyalar biriktirilgan. Hozirda tibbiy brigada a’zolari xalq orasida yurib, kasalliklarning oldini olish, fuqarolar salomatligini mustahkamlash borasida qator ishlarni olib bormoqda.
Tuman tibbiyot birlashmasi va uning filiallarida aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, to‘g‘ri tashxis qo‘yish, ambulator va statsionar holatda davolash ishlarini olib borish uchun barcha sharoit yaratilgan.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA