O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Amirsaid A’zamxo‘jayev Varshavada Polsha Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Genrika Moshchitska-Dendis bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokara davomida konsullik va shartnoma-huquq sohalarida aloqani yanada mustahkamlash masalasi muhokama qilindi. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga o‘zaro intilish tasdiqlandi. Tomonlar avval erishilgan kelishuvlar ijrosini tahlil qildilar.

2024 yil noyabr oyida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TIV konsullik departamentlari o‘rtasida maslahatlashuvning birinchi davrasiga tayyorgarlik jarayoniga alohida e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, mehnat migratsiyasi va O‘zbekiston fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish mavzusi ham ko‘tarildi.

Muzokara konstruktiv ruhda o‘tib, ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga sodiqlik qayd etildi.

O‘zA