Rossiya va Eron o‘rtasidagi keng qamrovli kelishuv Tehron belgilangan masalalar bo‘yicha amaliyotni yakunlagandan keyin imzolanishi mumkin. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov BRIKSga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

– Ushbu kelishuv Prezidentlar tomonidan tasdiqlanishi va shunga mos ravishda imzolanishi uchun Eron Islom Respublikasi me’yoriy hujjatlarga muvofiq bir necha protsessual va qonunchilik harakatini amalga oshirishi zarur, – dedi u. – Bu ish hali yakunlangani yo‘q.

Vazir qo‘shimcha qilishicha, hujjat matni to‘liq kelishilgan.