AQSH Kaliforniya shtati chegarachilari Rossiyadan va avval sobiq sovet ittifoq tarkibiga kirgan yana besh mamlakatdan kirgan noqonuniy migrantlarni ushlab, zudlik bilan deportatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatma oldi.
“New York Post” gazetasi ichki hujjatga tayanib yozishicha, Sharqiy yarim sharga kiruvchi Afrika, Osiyo, Yevropaning100 dan ortiq mamlakati fuqarolariga esa ularning ishi ko‘rib bo‘linguncha Amerikada qolish imkoni beriladi.
Darvoqe, xabarda sharqiy yarim shardan o‘tgan migrantlar eng ko‘p to‘planadigan San-Diyego shahri hududida amal qiladigan ushbu chora faqat yoshi ulug‘ muhojirlarga nisbatan qo‘llanishi ham ta’kidlangan.
O‘tgan moliya yili (sentyabrda tugagan)da Rossiyadan AQSHga rekord darajada ko‘p – 43 000 migrant borgan.
Avvalroq Prezident Jo Bayden Meksika chegarasidan o‘tib mamlakatga kirib kelayotgan noqonuniy migrantlarga boshpana berishni vaqtincha taqiqlagandi. Mazkur qaror chegarani noqonuniy kesib o‘tuvchilar ruxsat berilgan miqdordan oshib ketsagina kuchga kirishi ham qo‘shimcha qilingan.