Qurbon hayiti kuni metropoliten ishini barvaqt boshlaydi

255

16 iyun – Qurbon hayiti bayrami kuni yo‘lovchilar uchun qulaylikni ta’minlash maqsadida Toshkent metropoliteni o‘z faoliyatini odatdagidan 2 soat oldin, ya’ni tonggi soat uchdan boshlaydi. Shu kuni soat 03:00 dan soat 10:00 gacha barcha yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.

Shuningdek, metropoliten yakshanba va boshqa bayram kunlari tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan boshlab yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

“Toshkent metropoliteni” DUK xabarida barcha yurtdoshlarimizni yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti bilan tabriklagan.

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA