Soha va tarmoqlarda energiya samaradorlikni baholash bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

336

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda bundan buyon ilg‘or tajriba asosida soha va tarmoqlarda energiya samaradorlikni baholash bo‘yicha yangicha tizim amal qilishi belgilandi. Bunda:

– yiliga kamida 4 million kilovatt elektr yoki 375 ming kub metr gaz sarflaydigan yirik iste’molchilar har uch yilda energiya auditidan o‘tadi;

– Energoinspeksiya har yili yirik iste’molchilar ro‘yxatini e’lon qilib boradi;

– auditdan o‘tmagan korxonalarga gaz va elektr oshirilgan tarifda yetkaziladi.

Mutasaddilarga yil yakunigacha yangi tizim bilan bog‘liq texnik reglament va normativ hujjatlarni ishlab chiqish topshirildi.

O‘zA