Xitoy sun’iy intellekt, fazoviy texnologiya kabi sohalarda hamkorlik qilish uchun arab davlatlari bilan birga laboratoriya tashkil etishga tayyor. Bu haqda Rais Si Szinpin “Xitoy – Arab” hamkorlik forumi doirasida vazirlarning 10-yig‘ilishi ochilishida aytgan.

“Kazinform” xabariga ko‘ra, yetakchi sog‘liqni saqlash, sun’iy intellekt, yashil va kam uglerodli rivojlanish, zamonaviy qishloq xo‘jaligi, fazo va axborot texnologiyasi kabi sohalarda o‘nta qo‘shma laboratoriya ish boshlashini bildirdi.

– Real iqtisodiyot imkoniyatidan foydalanib, sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlikni kuchaytiramiz, keng global tizimni boshqarishga ko‘maklashamiz, – dedi Si Szinpin.

XXR rahbari ta’kidlaganidek, Xitoy tomoni arab davlatlari bilan qo‘shma kosmik chiqindi monitoringi majmuasi, “Beidou” ilovasi, hamkorlik va rivojlantirish markazi ochish, shuningdek boshqariladigan kosmik parvoz sohasida sheriklikni faollashtirishga tayyor.

Yig‘ilishdan so‘ng Pekin deklaratsiyasi, Xitoy – Arab hamkorlik forumining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan rejasi va Falastin masalasi bo‘yicha qo‘shma bayonot imzolandi.

Uchrashuvda Xitoy, ishtirokchi davlatlar va Arab davlatlari ligasi Bosh kotibiyati tomonidan ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikka oid qator hujjatlar qabul qilindi.

2-Xitoy – Arab davlatlari sammiti 2026 yil Chin yurtida o‘tkaziladi.