Anqara shahridagi samarali O‘zbekiston-Turkiya sammiti yakunlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi doirasida qator oliy darajadagi tadbirlar o‘tkazildi.
Davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv va Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishini o‘tkazdilar.
Muzokaralar yakunida ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya va 19 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.
Prezidentlar ilk bor yetakchi korxona va kompaniyalar rahbarlari bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazdilar.
Davlatimiz rahbarini Turkiyaning oliy davlat mukofoti – “Turkiya Respublikasi nishoni” bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tashrif tadbirlari yakunlanganidan so‘ng, “Esonbug‘a” xalqaro aeroportida Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an va rafiqasi kuzatib qo‘ydilar.
Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.