Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizmni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor masalalar yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Umuman olganda, yoshlarning ekstremal turizmga qiziqishi yildan-yilga oshayapti. Buning uchun Parkent, Bo‘stonliq, Parkent va Aydarko‘lda imkoniyatlar yetarli. Mo‘ynoqda ham parashyut bilan sakrash va havo dayvingi ekstremal turizmini rivojlantirish mumkin. Buning uchun alohida havo hududi bo‘lishi kerak.
Mutasaddilarga ekstremal turizmni rivojlantirish dasturini qabul qilishga topshiriq berildi.
O‘zA