Xorij matbuoti O‘zbekiston haqida

Xiva shahriga 2024 yilda “Islom dunyosi turizm poytaxti” maqomi berilgan. Shu munosabati bilan Turizm qo‘mitasi tomonidan Qatar OAV vakillari, jumladan mamlakatning yetakchi axborot agentligi jurnalistlari uchun O‘zbekiston bo‘ylab info-tur tashkil etdi.

QNA media vakillarining Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlari bo‘ylab sayohati haqida maqola e’lon qilgan. Xorijiy hamkasblarimizning milliy hunarmandlik va gastronomiyaga bag‘ishlangan materiallari yordamida yurtimizga sayyohlar oqimini oshirish maqsad qilingan.

Muallif turizmga ishtiyoq uyg‘otuvchi sabablar haqida so‘z yuritib, mazali taom tatib ko‘rish, muzey tomosha qilish va me’morchilikdan zavq olishga chaqirgan. Bugungi kundagi ommabop amaliyot – gastronomik turizmni rivojlantirish orqali O‘zbekiston mashhur taomlari bilan muayyan bozorlar talabiga mos takliflar taqdim etayotgani ta’kidlangan.

Xullas, qatarlik OAV vakillari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar tufayli jahon jamoatchiligi yurtimiz tarixi, tabiati, xalqimiz turmush tarzi va madaniyati, urf-odati va an’analari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi.

Muharrama Pirmatova,

O‘zA