Axborot xizmatlari mas’ullari Samarqandda

285

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar vazirlik va idoralari matbuot kotiblarining “Axborot xizmatlari – 2024: milliy va xorijiy tajriba” mavzucidagi qo‘shma o‘quv-seminari ishtirokchilari 30 may kuni Samarqand shahriga keldi.

Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda yurtimizdagi davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan matbuot kotiblari Samarqanddagi muqaddas qadamjolar, tarixiy-madaniy yodgorliklarni ziyorat qilmoqda.

Mehmonlar Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati faoliyati bilan tanishishi ko‘zda tutilgan.

 

G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari