FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi “Do‘stlik uyi”da “Dinimiz boshqa, yuragimiz yaqin” mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va din vakillarining teng huquqli ekanligi va do‘stlik rishtalari, din mavzusida jamiyatimizda uchrayotgan xato tushunchalar va dunyoda yuz berayotgan diniy kelishmovchiliklarning oldini olish masalalari yuzasidan so‘z yuritildi.
Qoraqalpoq oilasiga kelin bo‘lib kelgan rus qizi Natalya Pirniyazova o‘z hayot yo‘li, qoraqalpoq yigiti bilan qurgan turmushi, baxtli oilasi hamda dini, tili boshqa bo‘lishiga qaramay unga ko‘rsatilayotgan hurmat-e’tibor haqida to‘lqinlanib gapirdi.
Seminarda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi, falsafa fanlari nomzodi, dotsent J. Sog‘indiqovning “Davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar”, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti doktoranti Ye. Qanoatovning “Orolbo‘yi hududi – diniy bag‘rikenglik” mavzuidagi bayonoti tinglandi.
Tadbir ishtirokchilar o‘rtasida savol-javob va fikr bildirishlar bilan davom etdi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA