Serbiyada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan erkaklar o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqada hamyurtimiz Humoyun Sultonov ikkinchi davraga chiqdi.

Turnirda birinchi raqam ostida saralangan Humoyun yakkalik bahslarining ilk davrasida britaniyalik raqibi Ali Habib bilan raqobatlashdi. Uchrashuvda hisob 6:2, 4:2 bo‘lib turgan bir vaziyatda Ali noma’lum sababga ko‘ra o‘yinni davom ettirishdan bosh tortdi va mag‘lubiyatini tan oldi. Endi H.Sultonov ikkinchi davrada yaponiyalik Hayato Matsuokoga qarshi kortga chiqadi.

Shuningdek. Humoyun musobaqaning juftlik bahslarida gruziyalik Saba Purtseladze bilan tandem hosil qilgan holda chorak finalga chiqdi. Endi ular yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan bahsda serbiyalik tennischilar Vuk Radenovich va Stefan Skobelev dueti bilan raqobatlashadi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA