Qarshi shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tayotgan O‘zbekiston kubogida 600 nafardan ziyod polvonlar ishtirok etmoqda. Musobaqaning navbatdagi kunida erkaklar -73 va -81 kg. vaznda, ayollar esa -63, -70 kg. vazn toifalarida o‘zaro raqobatlashdi.
Vazni 73 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlarning so‘nggi hal qiluvchi final bahsida Muhriddin G‘iyosov finalda Javohir Rajabovni yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Finalchilarga mag‘lub bo‘lgan Elbek Tojiyev va Hojiakbar Toshev esa bronza medali bilan taqdirlandi. Shuningdek, -81 kg. vazn toifasida Zulfiddin Usmonov, Bobur Yangiboyev, Muhammad Mamadaliyev hamda Ro‘zimurod Shomurodov shohsupaga ko‘tarildi.
Ayollar o‘rtasidagi 63 kilogrammgacha vaznda o‘tkazilgan bellashuvlarda Asal Karimjonova barcha raqiblarini yengib, musobaqa g‘olibiga aylangan bo‘lsa, Hojar Shapoatova vitse-chempionga aylandi. Dinora Egamberganova, Gulira’no Suvonqulova kabi dzyudochilarimiz ushbu vaznda uchinchi bo‘ldi.
-70 kg. vazn toifasida o‘tgan final bahsida Xorazm viloyatining ikki vakilasi Xurshida Razzoqberdiyeva hamda Barchinoy Qodirova musobaqa g‘olibligi uchun kurashdi. Unda Xurshidaning qo‘li baland keldi. Darvoqe, xorazmlik polvonlarga yarim finalda mag‘lub bo‘lgan Muxlisa Turdiyeva, Azada Medetbayevalar bronza medaliga ega chiqdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA