AQSH tomonidan G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazish uchun barpo etilgan suzuvchi iskala, deyarli, butunlay qayta tiklandi.

Mamlakat mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoiti va dengiz sathi ko‘tarilishi tufayli shikastlangan qurilmani ta’mirlash bir haftadan ko‘proq vaqt olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘shma Shtatlarning to‘rt harbiy kemasi kuchli bo‘ron tufayli iskalaga xizmat ko‘rsatish chog‘i talofat ko‘rgan edi. Bu haqda Markaziy qo‘mondonlik (CENTCOM) ma’lum qildi. Ikki kema Isroil hududi yaqinida qirg‘oqqa chiqib ketgan. Keyin CENTCOM muvaqqat port ishlashda davom etayotganini bildirdi.

17 may kuni faoliyat boshlagan tizim atigi 11 kun ishladi.