Kecha Janubiy Afrika Respublikasida zamonaviy, 30 yillik demokratiya tarixidagi yettinchi parlament saylovi o‘tkazildi. Mahalliy vaqt bilan soat 7:00 da mamlakat bo‘ylab 23 292 saylov uchastkasi ochildi.

60 million nufuzli ushbu davlatda 28 millionga yaqin saylovchi ro‘yxatga olingan.

Fuqarolar 400 o‘rinli Milliy assambleya (parlament quyi palatasi) deputatlari va 9 shtatdagi qonun chiqaruvchi assambleya a’zolarini saylashi kerak.

Janubiy Afrika Saylov komissiyasi (IEC) ma’lumotiga ko‘ra, 400 milliy va 430 shtat miqyosidagi o‘rin uchun 14 889 nomzod kurashyapti. Ovoz berish chorshanba kuni soat 21:00 da tugagan. Natija rasman 2 iyun kuni e’lon qilinadi.

Janubiy Afrikada prezident Milliy Assambleya tomonidan oddiy ko‘pchilik ovoz orqali saylanadi. 1994 yildan boshlab, ya’ni mamlakatda demokratiya tizimi o‘rnatilgach, dastlabki besh yetakchi so‘nggi 30 yil davomida hokimiyatni boshqarayotgan Afrika Milliy Kongressi (AMK) nomzodi. Ijtimoiy so‘rov taxminicha, bu galgi saylovda AMK ilk bor ustunlikni boy berishi mumkin.

Yangi qonunga ko‘ra, mustaqil nomzodlar ham birinchi marta raqobatga qo‘shilgan.

Ovoz berish natijasiga ko‘ra, Milliy Majlisdagi 200 o‘rin siyosiy partiyalarga tegishli, hududlardagi 200 o‘rinni partiya a’zolari va mustaqil nomzodlar egallaydi. Ya’ni, parlament saylovida saylovchiga ikkita alohida byulleten beriladi. Uchinchi ovoz berishda 9 shtatning qonun chiqaruvchi idorasi a’zolarini saylash ko‘zda tutilgan.

IEC ma’lumotida umumiy saylovda 11 nafar mustaqil nomzod ro‘yxatga olingani keltirilgan.

Janubiy Afrikada 2019 yil 8 may kuni bo‘lib o‘tgan oxirgi parlament saylovida 57,5 foiz ovoz olgan AMK Milliy Assambleyada 230 o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa partiya rahbari Kiril Ramafosa prezident etib saylangan.