Bugun Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak navbatdagi saylov 2024 yil 4 iyulga belgilanganini e’lon qiladi va amaldagi parlament tarkibi tarqatib yuboriladi.
Hukumat rahbari 22 may kuni millatga murojaatida parlamentni tarqatish va 4 iyulda saylov o‘tkazish to‘g‘risida qirollikdan ruxsat olganini ma’lum qildi. Qonunga ko‘ra, parlament saylovdan 25 ish kuni oldin tarqatib yuborilishi kerak. Shundan keyin Jamoatchilik palatasi (quyi palata)da barcha kursilar bo‘shaydi, deputatlarning parlamentga a’zoligi tugatiladi, Qonun chiqarish organi va qo‘mitalar faoliyati ham to‘xtaydi. Lordlar palatasi a’zolari (yuqori palata) joyini tark etmaydi, lekin ish yurita olmaydi. Yangi tarkib shakllangunga qadar Bosh vazir va amaldagi Vazirlar Mahkamasi vazifasini bajarishda davom etadi, ammo parlament a’zoligidan chiqariladi. Saylov oldi kampaniyasi davrida ularning vakolati cheklanadi.
Ta’kidlanishicha, ovoz berish natijasi 5 iyulda oshkor qilinadi. Yangi parlamentning ilk majlisi 9 iyulga rejalashtirilgan. Shu kuni Jamoatchilik palatasi spikerni saylaydi, deputatlar qasamyod qiladi.